O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 42 taga yetdi

O‘zbekiston 08:51 / 10.08.2022 11722

Qayd etilishicha, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi 41-maqsaddagi vazifalardan biri sifatida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ular ulushini 2026 yilda 8 foizga, jumladan 2022 yilda 3 foizga oshirish belgilangan.

49-maqsadda 2026 yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish, xususan, 2022 yilda Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish vazifasi belgilangan.

2022 yil o‘tgan davri mobaynida 8 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga litsenziyalar berildi. Bironta ham nodavlat oliy ta’lim tashkiloti bo‘lmagan Qashqadaryo, Buxoro, Namangan, Samarqand kabi viloyatlarda joriy yilda xususiy institutlar ish boshladi.

Bildirilishicha, hozirgi paytda bitta ham nodavlat oliy ta’lim tashkiloti bo‘lmagan Surxondaryo, Sirdaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy hokimliklari bilan hamkorlikda ish olib borilyapti. 

Bugungi kunda inspeksiya tomonidan litsenziyalangan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 42 taga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: