O‘zbekiston olti oyda qariyb 22 mln dollarlik choy import qildi

O‘zbekiston 08:39 / 10.08.2022 5310

O‘zbekiston 2022 yil yanvar-iyun oylarida 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 16,1 ming tonna choy import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, choy importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 788 tonnaga oshgan.

2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 13,2 ming tonna.

Keyingi o‘rinlardan 940 tonna choy olib kelingan Keniya va 432 tonna choy import qilingan Eron joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Hindiston – 337 tonna;
  • Indoneziya – 292 tonna;
  • Shri-Lanka – 215 tonna;
  • Rossiya – 149 tonna;
  • Vetnam – 126 tonna;
  • Qozog‘iston – 124 tonna;
  • BAA – 111 tonna.
Ko‘proq yangiliklar: