Mahalla va ko‘chalarga nom berishda mahalliy aholi fikrini hisobga olish boshlanadi

O‘zbekiston 07:59 / 10.08.2022 1712

Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Geografik obektlar nomlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonunchilik palatasi bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi maqsadi — mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga jamoat arboblari, siyosiy arboblar ismi-sharifini berishni tartibga solishdan iborat.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi aholi punktlari tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston va jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar ismi-sharifini berishda mahalliy aholi fikrini hisobga olish tartibini belgilash imkonini beradi. 

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: