«Endi «Ular o‘zbeklar!» deb kelishadi» – prezident shaxmat olimpiadasi to‘g‘risida to‘xtaldi

O‘zbekiston 17:17 / 10.08.2022 9012

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, unda prezident shaxmat olimpiadasi g‘oliblarini munosib taqdirlash bo‘yicha ham so‘zladi.

“Bilasizlarmi, shaxmat bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritganimiz xalqimizda qanday g‘urur-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi?! Men shunday farzandlarim bilan faxrlanaman. Albatta, bu yutuqlar o‘z-o‘zidan kelayotgani yo‘q. Oxirgi uch yilda shaxmatga oid uchta qaror qabul qildik. Chunki biz bu qarorlarni qabul qilishda 20 yilga kechikkandik. 

Hozirgi bu g‘alabamiz endi bizga mas’uliyat ham yuklaydi. Chunki 2026 yilda O‘zbekiston mezbonlik qiladigan olimpiadaga butun dunyo boshqacha tayyorgarlik qilib keladi. Endi “Ular o‘zbeklar!” deyishadi. Lekin o‘ylaymanki, ungacha hozirgi jamoamiz yonida yana usta shaxmatchilarimiz yetishib chiqadi va munosib o‘rinlarni egallashadi.  

Men shaxmatchilarni munosib taqdirlash bo‘yicha farmon imzoladim. Chunki bu g‘oliblarimizga yangi motivatsiya bo‘ladi. Qolaversa, boshqa yoshlarimiz ham aqlga intiladi, ota-onalar farzandlarini bu sport turiga berishni boshlaydi” – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ko‘proq yangiliklar: