Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalaci bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

O‘zbekiston 07:14 / 09.08.2022 6055

Bildirilishicha, mamlakatning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 mlrd dollardan oshgan. Respublikada qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qo‘shma korxona ochilgan.

Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi.

Mamlakatda kichik biznesni yanada rivojlantirish maqsadida hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muhokama qilindi.

Davlat rahbari ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: