Samarqandda o‘zaro janjal odam o‘limi bilan yakun topdi

O‘zbekiston 08:48 / 09.08.2022 9074

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Oqdaryo tumani «Pichoqchi» MFYda odam o‘limi bilan bog‘liq jinoyat sodir bo‘lgan.

2022 yil 19 iyun kuni Oqdaryo tumani «Pichoqchi» MFYda yashovchi fuqaroning uyiga ikki nafar tanishi mehmonga keladi. O‘tirish davomida mehmonlar o‘zaro janjallashib qoladi va ulardan biri ikkinchisining boshiga musht bilan zarba beradi.

2022 yil 24 iyun kuni jabrlanuvchi yigitning mazasi qochib, Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga yotqiziladi. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etadi.

 Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: