Samarqandda 50 ming dollarga oltin kukunini sotmoqchi bo‘lgan 6 kishi ushlandi

O‘zbekiston 10:16 / 09.08.2022 5027

Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB.

Ular Navoiy viloyatida yashovchi bir guruh shaxslar 50 ming AQSh dollari evaziga 11,5 kilogramm oltin kukunini sotishini va Samarqand shahriga olib kelib berishlarini aytganini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. 

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Samarqand tumani “Yangiobod” MFYda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 6 nafar shaxs ariza mualliflariga 11,575 kilogramm oltin kukunini 50 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: