O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida investitsiya bo‘yicha hukumatlararo bitim kuchga kiradi

O‘zbekiston 10:20 / 09.08.2022 4459

2022 yil 20 avgust kuni O‘zbekiston hukumati bilan Belarus hukumati o‘rtasida investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim kuchga kiradi.

Xalqaro shartnoma 2019 yil 1 avgustda Minsk shahriga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif doirasida imzolangan.

Bitim 3-moddasiga muvofiq, tomonlar o‘z davlati hududida boshqa tomon davlati investorlariga investitsiyalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni rag‘batlantiradi va yaratadi, bunday investitsiyalar kiritilishiga o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq ruxsat beradi.

Har bir tomon investorlarning investitsiyalariga boshqa tomon davlati hududida o‘zgarmas tarzda adolatli va teng huquqli rejim, to‘liq va tegishli huquqiy himoyani taqdim qiladi. Tomonlar o‘z davlati hududida boshqa tomon davlati investorlari investitsiyalarini boshqarish, saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etishga asossiz yoki kamsituvchi choralar ko‘rish orqali to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini oladi.

2022 yil 20 iyuldagi O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: