O‘rdatepa yodgorligi bir qismi buzib tashlanib, o‘rniga uy qurib olingani aniqlandi

O‘zbekiston 17:18 / 09.08.2022 8670

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani Navkent mahallasida joylashgan O‘rdatepa arxeologiya yodgorligi 0,03 gektar qismi fuqaro J.U. tomonidan hamda 0,02 gektar qismi fuqaro A.Yu. tomonidan maxsus texnika yordamida buzib tashlangan.

Xabarda qayd etilishicha, arxeologiya yodgorligining buzib tashlangan qismi o‘rniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilgan.

Oqibatda, tarixiy yodgorlikka qariyb 72 mlrd so‘mlik jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Gaistontepa arxeologiya yodgorligi joylashgan joy noqonuniy ravishda fuqarolarga dalahovli qurish uchun ajratilgani, 80 mlrd so‘m jiddiy zarar yetkazilgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: