Navoiy, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari ekologiya boshqarmalari boshliqlari ishdan olindi

O‘zbekiston 10:25 / 09.08.2022 13881

Yig‘ilishda ekologiya sohasiga oid qonunlar va prezident farmon va qarorlari ijrosi bajarilishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va mamlakatda chiqindi sohasida qilinayotgan ishlarning bajarilishi kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir qator hududiy boshqarma boshliqlari, ya’ni Navoiy, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarma boshliqlari ishdan olindi. 

Davlat ekologiya qo‘mitasi markaziy apparati uch nafar mas’ul xodimiga, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga bevosita mas’ul bo‘lgan uch nafar hududiy boshqarma boshliqlari birinchi o‘rinbosarlariga va chiqindi sohasini boshqarishga mas’ul bo‘lgan hududiy boshqarma boshliqlari ikkinchi o‘rinbosarlariga “hayfsan” intizomiy choralari qo‘llanildi.

Bundan oldin Toshkent shahrida ekologik reyd boshlangani xabar qilingandi.

Undan avvalroq Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasi avtomobillar harakati uchun kengaytirilishi asnosida aksariyat emanlardan iborat daraxtlar ildizlarining bir qismi qo‘porib tashlangani jamoatchilik o‘rtasida norozilik uyg‘otgandi.

Ko‘proq yangiliklar: