Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklardan ziddiyatli hududlarga bormaslikni so‘radi

O‘zbekiston 17:23 / 09.08.2022 6951

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Perm shahridagi o‘zbek diasporasi vatandoshlarni Ukrainaga urushga jalb qilayotgani to‘g‘risida turli xabar va videolar tarqalmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi O‘zbekiston fuqarolaridan bunday da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘radi.

Jinoyat kodeksi 154-1-moddasida chet davlatlar harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: