«Dom»lar yerto‘lasida qanday faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emasligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston 07:38 / 09.08.2022 7349

Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida bir qator faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Qayd etilishicha, ular quyidagicha:

  • uyni qurishda o‘tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, soat 23:00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;
  • kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, gaz balloni, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo‘lgan boshqa moddalar va materiallar bor bo‘lgan mahsulotlarni sotuvchi do‘konlar;
  • o‘z ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qo‘llovchi kimyoviy tozalash xonalari;
  • 10 tadan ortiq ish o‘rniga ega bo‘lgan poyabzal tikish va ta’mirlash ustaxonalari;
  • hammomlar va saunalar;
  • aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqa kecha-yu kunduz foydalaniladigan so‘zlashuv punktlari va telegraf;
  • jamoat hojatxonalari;
  • marosimlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish muassasalari;
  • sanoat korxonalari faoliyati barcha turlari;
  • uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki ko‘paytirishga mo‘ljallangan joylar;
  • jismoniy va yuridik shaxslar transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyiha asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);
  • yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.
Ko‘proq yangiliklar: