Samarqandda ikkita Damas o‘zaro to‘qnashgan YTHda yo‘lovchi vafot etdi

Jamiyat 21:23 / 08.08.2022 1436

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 avgust kuni A-377 Samarqand-Ayniy xalqaro avtomobil yo‘lining Toyloq tumani hududidan o‘tgan 9-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Damas mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. So‘ng ro‘paradan kelayotgan boshqa bir Damas bilan o‘zaro to‘qnashgan.

Oqibatda, har ikkala mashina haydovchilari va yana bir nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajaga qaramasdan yo‘lovchi vafot etgan.

Avvalroq, Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan. Hodisa oqibatida haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Ikki nafar yo‘lovchi tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: