Rossiyada mehnat qilayotgan muhojirlarning deyarli yarmini o‘zbekistonliklar tashkil etadi

O‘zbekiston 17:11 / 08.08.2022 7484

Joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyaga ishlash uchun 3,12 millionga yaqin muhojir kelgan, bu o‘tgan yilga nisbatan uchdan bir baravar ko‘p. 

Rossiyaga eng ko‘p migrantlar O‘zbekiston (49,6 foiz) va Tojikistondan (30,5 foiz) keldi. Shu bilan birga, muhojirlarning 40 foizga yaqini Moskva va Moskva oblastida qolmoqda.

Bundan oldin Migratsiya agentligi mehnat migrantlari uchun Rossiya qonun hujjatlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.

Xususan, patentga ega yoki Rossiyada ta’lim olayotgan chet el fuqarosi voyaga yetmagan farzandlari vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishi mumkin. "Vizasiz" mamlakatlar fuqarolari (O‘zbekiston fuqarolari ham) Rossiyadan chiqmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun migratsiya kartasidagi tashrif maqsadini o‘zgartirishi mumkin. 

Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan chet el fuqarolari yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak. Kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet el fuqarolari ishlashi mumkin. Vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP) yoki yashash guvohnomasi (VNJ) bekor qilingan taqdirda, chet el fuqarosi 15 kun ichida Rossiya hududidan chiqib ketishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: