Qozog‘istonda YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

O‘zbekiston 14:30 / 08.08.2022 3814

Diapazon nashrining yozishicha, Lada Largus rusumli avtomashinaning 42 yoshli haydovchisi Aqto‘be - Astraxan avtomobil yo‘lining 284-kilometrida yo‘l ishlari olib borilayotgan yo‘l qismiga chiqib ketib, chetga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Bayganin tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. 

Ulardan biri hushiga kelmay, shifoxonada vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: