Qoraqalpog‘istonda 6 oyda 4,7 trln so‘mlik kimyo sanoati mahsuloti ishlab chiqarildi  

O‘zbekiston 14:01 / 08.08.2022 1800

Ma’lum qilinishicha, yirik bo‘lgan “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasining Surgil gaz-kimyo kompleksi korxonasi yiliga 400 ming tonna polietilen, 100 ming tonnaga yaqin polipropilen va 102 ming tonna piroliz distillyati ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

Korxonada 2022 yil yanvar-iyun oylari yakunida jami 4,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Shundan 764,3 mlrd so‘mlik 42,3 ming tonna polipropilen, 1669,2 mlrd so‘mlik 150,2 ming tonna polietilen, 28,5 mlrd so‘mlik 44,3 ming tonna yengil neft distillyatlari, 5,1 mlrd. so‘mlik 178,8 mln kVs elektr energiyasi ishlab chiqilgan.

Korxona tomonidan oxirgi 6 oyda jami 127,3 mln dollarlik polietilen va polipropilen mahsulotlari eksport qilingan.

Shuningdek, Qo‘ng‘irot soda zavodida yanvar-iyun oylarida 242,3 mlrd so‘mlik 102,2 ming tonna dinatriy karbonati va 752,5 mln so‘mlik 6,3 ming tonna ohak toshi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: