Qarshi magistral kanalidan jasadi topilgan 23 yoshli yigitning sportchi emasligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 15:06 / 08.08.2022 9561

Bundan bir necha kun avval Kun.uz’da Qarshi magistral kanalidan 23 yoshli sportchining jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum sportchining jasadini FVB g‘avvoslari topa olmagach, 2022 yil 14 iyul kuni uning akasi qarindoshlari bilan birga qidirib topgan. Marhumning akasi ukasi qotillik qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Qashqadaryo viloyati sportni rivojlantirish boshqarmasi hodisa yuzasidan munosabat bildirib, suvdan jasadi topilgan yigit biror bir sport turidan terma jamoa a’zosi yoki mavjud sport federatsiyalarining sportchilar ro‘yxatida turmasligini, sportchi toifasi va natijalariga ega emasligini bildirdi.

“Marhum sportchi sifatida biror bir sport turidan terma jamoa a’zosi yoki mavjud sport federatsiyalarining sportchilar ro‘yxatida turmasligini, sportchi toifasi va natijalariga ega emasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.

Ko‘proq yangiliklar: