5 yil stajga ega xodimlarini oliy ta’limga tavsiya etish huquqi berilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston 18:23 / 08.08.2022 59628

Tavsiya etilgan fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Ro‘yxatda xodimlarini o‘qishga tavsiya etish huquqi berilgan jami 86 ta tashkilotni ko‘rish mumkin.

Bunda, ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 8 avgustdan 22 avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazi maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: