Yangi ochilgan FOOD CITY majmuasida 28 avgustga qadar 50%gacha chegirmalar bilan xarid qiling

Jamiyat 13:00 / 06.08.2022 10914

2021 yil dekabr oyida Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan yangi Qo‘yliq dehqon bozori, ya’ni Food city'ning taqdimoti o‘tkazilgandi. Va nihoyat, zamon talablariga javob beradigan savdo markazi o‘z faoliyatini boshladi. Endilikda mazkur yirik agroklasterdan deyarli barcha turdagi mahsulotlarni ulgurji va chakana savdolarda, hamyonbop narxlarda sotib olish mumkin.

30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida yurtdoshlarimiz savdo majmuasining sharoitlari, narx-navosi bilan batafsil tanishishdi.

Konsert shaklida o‘tgan ochilish marosimida, dastlab, oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirilgan 5 ta “Oltin aravacha” yutuqli o‘yini o‘tkazildi.

O‘yinda g‘olib bo‘lgan 5 nafar yurtdoshimizning har biriga mana shu mahsulotlardan berilgach, barcha mehmonlar birin-ketin bozor rastalari tomon yo‘l olishdi. Aytish lozim, u yerda yaratilgan sharoit, mahsulotlar sifati hamda narxlari ko‘pchilikka manzur keldi.

Xaridorlardan birining aytishicha, issiq havoda salqin joyda bozorlik qilish qulay. “Tozaligi, hamma mahsulotlari tartib bilan joylashtirilgani juda yoqdi”, – deydi u.

“Bir aylanib chiqishda ancha katta bozorlik qildik, uzum, tuxum oldik. Narxlari ko‘nglimizdagidek, hamma narsasi yoqdi. Bu safar o‘zimiz keldik, keyingisida farzandlarimizni yuboramiz”, – deya qayd etadi yana bir yurtdoshimiz.

Food city majmuasi xalqimiz dasturxoniga sifatli va hamyonbop mahsulotlar yetkazib berish maqsadida maxsus savdo shoxobchalari tashkil qilgan. Bu shoxobchalarda oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda arzon narxlarda sotib olish mumkin. Mahsulot narxining bir qismi esa uni sotuvchi tadbirkorlarga majmua tomonidan qoplab beriladi.

Masalan birgina yog‘ 20 ming so‘m bo‘lsa, uning 5 ming so‘mi Food city tomonidan tadbirkorga to‘lab beriladi. Xaridorlarga bu mahsulot 15 ming so‘mdan sotilmoqda. Shuningdek, majmuada har kuni:

Kartoshka (gala navli) 1 kg – 3000 so‘m;

Piyoz 1 kg – 3500 so‘m;

Sabzi 1 kg – 2500 so‘m;

Un (oliy navli) 1 kg – 6500 so‘m;

Guruch 1 kg – 8000 so‘mdan.

Har dushanba:

Pomidor 1 kg – 1500 so‘m;

Bodring 1 kg – 1500 so‘m.

Har seshanba:

Shakar 1 kg – 12000 so‘m:

Yog‘ 1 litr – 17000 so‘m.

Har chorshanba:

Banan 1 kg – 13000 so‘m:

Uzum 1 kg – 4000-6000 so‘m;

Shaftoli 1 kg – 7000 so‘mdan boshlab.

Har payshanba:

Tuxum (dona) – 650-950 so‘m;

Qaymoq 1 litr – 33000 so‘m;

Tvorog 1 kg – 15000 so‘m;

Smetana 1 litr – 20000 so‘m;

Qatiq 1 litr – 4000 so‘m.

Har juma quritilgan mevalar:

Turshak 1 kg – 40000 so‘mdan boshlab;

Mayiz 1 kg – 12000 so‘mdan boshlab;

Pista 1 kg – 120000 so‘mdan boshlab.

Har shanba:

Go‘sht 1 kg – 60000 so‘m;

Tovuq go‘shti 1 kg – 23000 so‘m;

Kolbasa (ulgurji) – 19000 so‘mdan boshlab.

Har yakshanba ko‘kat va ziravorlar:

Kashnich bog‘i (5 dona) – 8000-9000 so‘m;

Ukrop bog‘i (5 dona) – 5000 so‘m;

Ko‘k piyoz 1 dona – 1200-1500 so‘m;

Salat bargi 1 dona – 3500-5000 so‘m;

Petrushka bog‘i (5 dona) – 3000 so‘m.

Yangi majmuada faoliyat boshlagan sotuvchilar ham bozor sharoitlaridan mamnunliklarini aytishdi. “Ilgari eski Qo‘yliqda ishlaganman, u yer chang bo‘lardi, yog‘ingarchilikda turib bo‘lmas edi. Yozda issiq, qishda sovuqligidan kasal ham bo‘lib qolardik. Mana bu sharoitlar esa umuman boshqa”, – deydi tadbirkorlardan biri.

“Joylashib olganimizga bir oy bo‘lib qoldi. Ovqatlarimiz, ijaramiz, yo‘lkiralarimiz bepul. Shunchalik yordam qilishyapti, rahmat hammalariga. Boshida boshliqlari bilan gaplashgan edik, juda xushmuomala inson, barchamizning ko‘nglimizga qarab ish ko‘rdi. O‘sha odamga ham rahmat aytaman”, – deya o‘z minnatdorligini bildirdi yana bir savdogar.

Ta’kidlanishicha, ulgurji savdo bozori 24/7 rejimida, chakana savdo esa 8:00dan 20:00gacha ishlaydi. Unda 16 000 m2 maydonli 5ta kross-dok xizmati hamda umumiy sig‘imi 8 000 tonna bo‘lgan muzlatgichli va sovutgichli omborxona ham bor. Biznes markazi, 20 000 m2 yopiq bozor hamda fud-kort xaridorlar va tadbirkorlar xizmatiga shay.

Eng muhimi, 60 gektar maydonga ega ushbu savdo markazi dehqon va tadbirkorlar uchun qulay hududda joylashgan.

“Shaharga kirmagan holda vodiy, voha va Toshkent viloyatidan kelib-ketish juda qulay. Transportlarning bemalol kirib-chiqishi uchun 12 qatorli yo‘laklari barpo qilingan. Bundan tashqari, 500 ta yuk hamda 4 mingdan ortiq yengil avtomobillarga mo‘jallangan avtoturargohlar ham barpo qilingan”, – deydi Food city rahbari Dilshod Samigov.

“Food city” MChJ rahbari Dilshod Samigov

Bozorning 2 500 ta savdo rastasi va pavilonlarining ijarasi 3 oygacha bepul hisoblanadi. “Ungacha esa tadbirkorlardan hatto kommunal to‘lovlari ham undirilmaydi”, – deydi Food city rahbari.

“Toshkent shahar hokimiyati tomonidan chiqarilgan stavkalar bor, 3 oydan keyin mana shu stavkalardan oshirmagan holda, rastalar sotilayotgan mahsulotning turiga qarab, ijaraga berilgan joylarning narxlarini belgilaymiz. Chunki bizga ham ijaraga to‘lovni qimmat qilib, mahsulotlarning ham narxini oshirish, tadbirkorlarni qiynash niyatimiz yo‘q. Sotuvchilar savdosini qilib olishi uchun narx-navoni minimal ushlab turamiz”, – deya qayd etadi u.

Food city'ni barpo qilish jarayoni ancha avval, 2018 yilda boshlangan edi. Hozirda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida eski Qo‘yliq dehqon bozorini mana shu savdo maskaniga bosqichma-bosqich ko‘chirish jarayoni ketyapti. Kelgusida bu majmuani yanada kengaytirish, mahsulotlarni qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish ham maqsad qilingan.

 

Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi,
Tasvirchilar: Mirvohid Mirrahimov, Asad Kuryavov,
Montaj ustasi: Mirvohid Mirrahimov

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: