Turkiya O‘zbekiston va Ozarboyjon uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtiradi

Iqtisodiyot 16:20 / 03.08.2022 26103

Turkiya Ozarboyjon bilan savdoda soddalashtirilgan bojxona tartibini joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu sxemaga O‘zbekiston ham kiritiladi, deb yozadi Daily Sabah.

Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush Toshkentda bo‘lib o‘tgan uch davlat vazirlari sammitida to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi. U yalpi ichki mahsuloti qariyb 1 trillion dollar va deyarli 130 million kishini tashkil etuvchi umumiy bozor salohiyatini qayd etdi. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi imtiyozli savdo shartnomalari ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning ustuvorligidan dalolat beradi. Ularning kengayishi savdo aloqalari uchun «yangi davr»ning boshlanishi bo‘ladi. 

Yaqin kelajakda Turkiya tomoni Ozarboyjon uchun soddalashtirilgan bojxona tartibini joriy qiladi. O‘zbekistonni ham ushbu sxemaga ulash maqsadi bor, dedi Mush. 

Yangi tartibni kelishish bo‘yicha ishlar yakuniy, texnik bosqichga - pilot loyiha uchun infratuzilmani joriy etishga yaqinlashdi. Bojxonadagi byurokratik to‘siqlarning kamayishi uch davlat o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi, dedi vazir.

Ko‘proq yangiliklar: