Navoiyda bojxonachilar 6 oyda qariyb 4,5 mlrd so‘mlik noqonuniy tovarlarni ushlab qoldi 

Jamiyat 10:30 / 03.08.2022 1788

Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan 2022 yilning yanvar-iyun oylarida 612,6 mlrd so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 490 mlrd so‘m imtiyozlar berilgan. Imtiyoz asosan transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, metall va metall buyumlar, kimyo sanoati mahsulotlariga qo‘llangan.

O‘tgan 6 oyda viloyatdan 20 ga yaqin chet davlatga 264 mln dollarlik tovarlar eksport qilingan. Eksportga yo‘naltirilgan tovarlarning asosiy qismini tabiiy qazilmalar, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, to‘qimachilik mahsulotlari tashkil qilmoqda.

Shuningdek, yanvar-iyun oylarida bojxona xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 15 ta holatda 564,3 gramm miqdordagi giyohvand modda aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Ko‘proq yangiliklar: