Toshkentda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan «Matiz» ikki kishini urib yubordi

Jamiyat 11:11 / 02.08.2022 17405

2022 yilning 30 iyul kuni taxminan soat 15:30 larda, 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi A.Sh. o‘z boshqaruvidagi davlat raqami “Matiz” rusumli avtoulovda Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, u yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va 14-sonli oilaviy poliklinika qarshisida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1988 yilda tug‘ilgan T.N. va 2017 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan X.M.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda T.N. va X.M. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi shifoxonasiga yotqizilgan, biroq shifokorlar urinishlariga qaramay, voyaga yetmagan X.M. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Qayd etilishicha, haydovchi A.Sh.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: