O‘zbekistonga Turkiyadan 3,6 ming tonna tovuq go‘shti olib kelindi

Iqtisodiyot 08:02 / 02.08.2022 23764

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-iyun oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida tovuq go‘shti yetakchi pozitsiyani egallab turibdi – 3,6 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan tovarlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • mandarin – 3 ming tonna;
  • makkajo‘xori – 2 ming tonna;
  • kakao va shokolad – 1,2 ming tonna;
  • olma – 993 tonna;
  • qandolat mahsulotlari – 709 tonna;
  • margarin mahsulotlari – 591 tonna;
  • sut mahsulotlari – 350 tonna;
  • banan – 197 tonna.
Ko‘proq yangiliklar: