Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasida VAZ-2107 mashinasi urib yuborgan 9 yoshli bola vafot etdi

Jamiyat 16:17 / 02.08.2022 3932

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, 2022 yil 20 iyul kuni soat 10:00 larda 4R-40 Dashtobod-G‘allaorol avtomobil yo‘lining 46-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Zomin tumani Uvol qishlog‘ida yashovchi shaxs VAZ-2107 mashinasi bilan Zomin yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, yo‘lning piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan G‘allakor mahallasida yashovchi maktab o‘quvchisini urib yuborgan.

Oqibatda, 9 yoshli bola og‘ir tan jarohatlari olib, RShTYoIMning Jizzax filialiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda piyodani urib yuborgan haydovchi qochib ketgan, oqibatda, 71 yoshli jabrlanuvchi vafot etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: