Toshkent metrosi bekatida eskalatorning o‘chirib qo‘yilganiga izoh berildi

Jamiyat 17:30 / 01.08.2022 10896

Joriy yilning 31 iyul sanasida «Yunus Rajabiy» bekatidagi eskalatordan foydalanayotgan yo‘lovchilardan biri ehtiyotsiz harakati oqibatida yiqilgan, deb xabar berdi «Toshkent metropoliteni».

Metro ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan xabarda aytilishicha, qolgan yo‘lovchilar uni ushlab qolishgan.

Qayd etilishicha, bekatdagi eskalator navbatchisi yo‘riqnomaga asosan eskalatorni o‘chirgan.

«Shu o‘rinda barcha yo‘lovchilardan eskalatordan foydalanish vaqtida belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlarini so‘raymiz», deyiladi metro ma’muriyati izohida.

Ko‘proq yangiliklar: