Yevro kursi 20 yil ichida birinchi marta bir dollardan pastga tushdi

Iqtisodiyot 11:01 / 14.07.2022 14574

13 iyul, chorshanba kungi savdolar chog‘ida yevro kursi 2002 yil dekabridan beri birinchi marta yevrohududning iqtisodiy istiqbollari yomonlashishi va Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berish to‘liq to‘xtatilishi ehtimoli fonida 1 AQSh dollaridan pastga tushdi.

Yagona Yevropa valutasi bir necha yo‘qotishlarni qoplashdan oldin kun davomida 0,9998 dollargacha tushib ketdi. Yil davomida yevro asta-sekin arzonlashdi va iyun oyida uning narxi keskin tushib ketdi. Mutaxassislar buni Ukrainadagi urush oqibatlari va «Shimoliy oqim 1» gaz quvurining rejali texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘xtatilishi fonida Rossiya gazi narxining oshishi bilan bog‘lashmoqda. Bir kun avval, 20 yil ichida birinchi marta yevro/dollar juftligi minimal paritetga yetdi, yevro kursi 1 AQSh dollarigacha tushdi. 

AQShda inflatsiya bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilinishi fonida Yevropa valutasining qadrsizlanishi tezlashdi. Iyun oyida mamlakatda iste’mol narxlari yillik hisobda 9,1 foizga oshgan. Bu 1981 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. AQShda inflatsiyaning navbatdagi sakrashi Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan pul-kredit siyosati yanada qat’iylashtirilishi ehtimolini oshiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: