Shavkat Mirziyoyev Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’at raisini qabul qildi

Iqtisodiyot 17:28 / 12.07.2022 13577

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyul kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovichni qabul qildi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, innovatsiyalar, migratsiya va turizm sohalaridagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan.

“Davlatimiz rahbari O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida tashkilot tuzilmalari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini alohida ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda hamkorlikning qo‘shimcha yo‘nalishlari ro‘yxati imzolangan.

Shuningdek, savdo to‘siqlarini bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, tranzit sohasidagi dasturlarni ilgari surish, migratsiya tartibotlarini soddalashtirish va o‘zaro sayyohlar oqimini kengaytirish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

Ko‘proq yangiliklar: