«Xayrixoh va bag‘rikeng bo‘ling!» - hojilar va ellikboshilarga tavsiyalar

Jamiyat 13:59 / 02.07.2022 13599

Kun.uz haj ibodati, uning hikmatlari, hojilarga beriladigan savoblar, Haj qilishdagi niyat hamda ushbu ulug‘ ziyoratga doir xalqimizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid imom-noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan suhbat uyushtirdi.

— Hozir Hajga ketayotgan ziyoratchilarni yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib olib boradigan ellikboshilar bor. Bularning mas’uliyati qanday bo‘ladi?

— Ularning mas’uliyati o‘zlarining guruhlaridagi mo‘min-musulmonlarga ularning amallari tugal-barkamol bo‘lishi uchun kerakli barcha xizmatlarni taqdim qilishlari, o‘z ilm va tajribalari bilan xizmat ko‘rsatishlari lozim. Ziyoratchilarni Umra qildirish, Haj amallarida zikrlarni o‘rgatib turish, savollarga javob berish va eng asosiysi, samimiy xayrixoh bo‘lishi kerak. Rasululloh alayhissalom «Har biringlar rahbarsizlar va qo‘l-ostingizdagilarga mas’ulsizlar», – deganlar.

Hajga boradigan kishilarga tavsiya shuki, avvalo Hajga borishdan oldin maqsadni aniq qilib olish kerak. U yerga qozon ko‘tarib borib, ovqat qilib yurishadi. Bu ziyoratchini asosiy maqsaddan chalg‘itadi. Shuningdek, u yerda savdo qilish mumkin, lekin asosiy amalga aylanmasligi kerak.

Ikkinchi muhim narsa, Hajga borganda bag‘irni keng qilish kerak. Borganda ko‘pchilik kishilarimizda safarga chidamsizlik ko‘rinadi. Betoqatlikdan hammani bezovta qilaveradi. Hajda birov sizga qo‘pollik qilsa ham, unga yaxshi muomala bilan javob qaytarish kerak.

Bir kuni Madinai Munavvarada namoz o‘qiyotgandim. Tugatib, o‘rnimdan turib, orqamdagi odamning boshini ezib oldim. Namozdan keyin undan uzr so‘ramoqchi bo‘lsam, u men tomonga yaqin kelib sajda qilgani uchun uzr so‘rab ketdi. Hajda ana shunday axloqda bo‘lishimiz lozim.

To‘liq suhbat bilan yuqoridagi videoda tanishish mumkin.

Farrux Absattarov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi Abduqodir To‘lqinov.

Videolavha va maqoladagi diniy matnlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli ekspertiza xulosalari asosida tayyorlangan.

Ko‘proq yangiliklar: