Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi tan jarohati oldi

Jamiyat 13:01 / 02.07.2022 8200

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 28 iyun kuni M-37 Samarqand-Buxoro avtomobil yo‘lining Oqdaryo tumani Paxtaobod mahallasi hududidan o‘tgan 14-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi X.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Cobalt mashinasi bilan ketayotib, yo‘lning birinchi qatnov qismida o‘zidan oldinda o‘z yo‘nalishida harakatlanib borayotgan ISUZU yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

Oqibatda, Cobalt mashinasidagi yo‘lovchilar M.A. hamda F.A. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Cobalt haydovchisi hamda yana ikki nafar yo‘lovchi D.N. va O.O. turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Oqdaryo tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar sodir etgan YTHda Labo haydovchisi vafot etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: