Ixtisoslashgan maktablarga imtihon sanalari e’lon qilindi

O‘zbekiston 13:13 / 02.07.2022 44932

Ilk test jarayonlari 3 iyul soat 08:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 3 smenada – soat 08:00, 13:00 va 18:00 da tashkil etiladi.

Bu haqda ma’lum qilgan PTMA matbuot xizmatiga ko‘ra, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni ariza.piima.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali olish mumkin.

Onlayn platformadan imtihon ruxsatnomasini ham yuklab olib, uni qog‘ozga chop etib olish lozim.

Talabgorlar imtihonga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

Arizalar 1–20 iyul kunlari qabul qilingan edi.

Sinflar kesimida imtihon fanlari quyidagicha:

  • matematika, ingliz tili – 5–6-sinf aniq fanlar;
  • matematika, ingliz tili, fizika – 7–11-sinf aniq fanlar;
  • biologiya, ingliz tili – 7-sinflar tabiiy fanlar;
  • biologiya, ingliz tili, kimyo tabiiy fanlar yo‘nalishida – 7-sinfdan yuqori sinf tabiiy fanlar yo‘nalishi.

Test savollari maktab darsliklari bo‘yicha tuzilgan. Imtihonda o‘quvchining asosan mantiqiy fikrlash qobiliyatlari tekshiriladi.

XTVdan PTMA tizimiga o‘tkazilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar 5– va 7-sinfdan boshlab qabul qilinadi. Bunday maktablardagi sinflarda o‘quvchilar soni 24tadan oshmaydi. Bolalar faqat o‘z hududidagi ixtisoslashgan maktabda o‘qishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ayni kunlarda Prezident va ijod maktablariga ham kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: