Isroil parlamenti o‘zini o‘zi tarqatib yuborishga ovoz berdi

Jahon 10:35 / 01.07.2022 6514

Isroilda deputatlar parlamentni tarqatib yuborish uchun ovoz berishdi va bu to‘rt yildan kamroq vaqt ichida beshinchi saylovlarga yo‘l ochib berdi. 30 iyun, payshanba kuni knessetni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun 92 deputat ovoz berdi, qarshi ovozlar ham, betaraflar ham bo‘lmadi. 

Yangi saylovlar 1 noyabrga belgilangan. Isroilda sakkiz partiyadan iborat hukmron koalitsiya o‘tgan hafta boshida tarqatib yuborildi. Isroil bosh vaziri Naftali Bennet yarim tundan boshlab o‘z lavozimini liberal «Yesh atid» partiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Yair Lapidga topshiradi. Bennett saylovda qatnashmasligini e’lon qilgan. 

O‘ng kuchlar vakili Bennett va liberal Lapid o‘tgan iyun oyida tarixda birinchi marta Isroilning barcha siyosiy partiyalari, shu jumladan arab partiyalari vakillarini o‘z ichiga olgan hukmron koalitsiya tuzishga kelishib oldilar. Bunday koalitsiyaga kelishda Bennet va Lapid birinchi navbatda Isroilni 12 yil davomida boshqargan bosh vazir Benyamin Netanyahuni ag‘darishni maqsad qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: