Hindistonda bir marta foydalaniladigan plastik buyumlarni ishlab chiqarish va sotish taqiqlandi

Jahon 19:33 / 01.07.2022 7655

Hindistonda 1 iyuldan 19 turdagi bir marta foydalaniladigan plastik buyumlarni ishlab chiqarish, sotish va import qilish taqiqlandi. 

Ushbu qaror mamlakat hukumatining plastik chiqindilar hajmini kamaytirish bo‘yicha rejasi doirasida qabul qilindi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonda yiliga 4 mln tonnaga yaqin plastik chiqindilar paydo bo‘ladi, ularning uchdan bir qismi qayta ishlanadi yoki yo‘q qilinadi, qolgan qismi esa atrof-muhitga zarar yetkazgan holda to‘planib turadi. 

Bunday taqiqni joriy etish rejasi 2018 yilda taqdim etilgandi. 

Taqiqni buzganlik uchun kompaniyalarga 100 ming rupiygacha (1265 dollar) jarima solinadi, ularning rahbarlari yoki ayrim xodimlari esa besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: