AQShda Yevroittifoqqa suyultirilgan gaz eksporti bo‘yicha asosiy terminalni ishga tushirish qoldirildi

Jahon 14:54 / 01.07.2022 13780

30 iyun, payshanba kuni Dpa agentligi xabar berishicha, AQShdagi eng yirik eksport gaz terminallaridan biri Freeport LNG iyun boshida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli noma’lum muddatga yopiq qoladi. Bu Amerika STGni Yevropaga eksport qilish uchun asosiy terminallardan biri hisoblanadi, deya qayd etgan agentlik.

Yong‘indan so‘ng, AQSh Transport vazirligi Freeport LNG kompaniyasiga har hafta terminal holati hisobotlarini taqdim etishni topshirdi, uni faqat federal hukumat ruxsati bilan qayta ishga tushirish mumkin. Freeport LNG dastlab qayta ishga tushirish biroz vaqt olishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, ammo hozir vaziyat yanada noaniq, deb yozadi Dpa. 

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, endi qayta ishga tushirish yana bir oyga kechiktirilishi mumkin va terminal joriy yilning oktyabrida ishlay boshlaydi. Mamlakat Transport vazirligi zavodning qo‘shimcha choralarsiz ishlashi aholi xavfsizligi va atrof-muhitga xavf tug‘dirishini aniqladi. 

Terminaldagi yong‘in 8 iyun kuni sodir bo‘lgan. Hukumat hisobotiga ko‘ra, bunga vakuumli izolyatsiyalangan quvur liniyasidagi bosim o‘chirish klapanining nosozligi sabab bo‘lib, natijada quvurning yorilishi va yong‘in chiqishi kuzatilgan.

Handelsblatt nashri tomonidan so‘zlari iqtibos keltirgan Postbank eksperti Dirk Steffenga ko‘ra, Texasdagi terminal AQSh gaz eksporti hajmining deyarli 17 foizini - kuniga 56,6 million kub metrni tashkil qilgan. Jefferies investitsiya banki hisob-kitoblariga ko‘ra, zavoddan yuborilgan STGning qariyb 70 foizi Yevropa bozoriga mo‘ljallangan. Shu tariqa, terminal Yevropaning Rossiya gazidan bosqichma-bosqich voz kechish rejalarida muhim rol o‘ynaydi, deya qayd etadi Dpa. 

Mart oyida Yevropa davlatlarining Ukrainadagi urush tufayli Rossiya gazini yetkazib berishni to‘xtatish qarori fonida AQSh Energetika vazirligi Meksika ko‘rfazidagi terminallardan qo‘shimcha STG eksporti uchun ikkita uzoq muddatli ruxsatnoma berdi. 

«AQSh STG global energiya xavfsizligining muhim tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda va Energetika vazirligi ittifoqchilarimiz va savdo hamkorlarimizni zarur energiya bilan ta’minlashda yordam berish yo‘llarini izlashga sodiq qoladi», deya ma’lum qildi idora. 

Mamlakat Energetika vazirligining xabar berishicha, Amerika suyultirilgan gazi eksporti yil oxirigacha yangi quvvatlarning ishga tushirilishi hisobiga yana 20 foizga oshishi kerak va Yevropadagi STG importining yarmidan ko‘pi AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: