AQSh Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha tarixda birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi

Jahon 21:26 / 01.07.2022 26286

Iyun oyida AQShdan Yevropaga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi ilk bor «Gazprom» eksportidan ko‘proq bo‘ldi, deb ma’lum qildi Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol.

«Yevroittifoqqa Rossiya tomonidan gaz yetkazilishining keskin qisqarishi natijasida tarixda birinchi marta Yevroittifoq Rossiyaning quvur orqali keladigan gaziga nisbatan AQShdan suyultirilgan gazni ko‘proq import qildi», — dedi Birol.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevroittifoq qahraton qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun gaz iste’molini kamaytirishi kerak.

Iyun o‘rtalarida «Gazprom» «Shimoliy oqim» gaz quvuri orqali Yevropaga gaz yetkazib berish kamayishini e’lon qilgandi. «Gazprom»ning bildirishicha, cheklov Siemens kompaniyasi gaz yetkazish agregatlarini ta’mirlashdan o‘z vaqtida qaytarmagani bilan bog‘liq.

Mart oyida AQSh bu yil Yevropaga qo‘shimcha 15 mlrd kub metr suyultirilgan gaz yetkazib berishini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: