Ukraina “DXR” va “LXR”ni tan olishga qaror qilgan Suriya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi

Jahon 20:40 / 30.06.2022 6516

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Suriya bilan diplomatik munosabatlar uzilishini ma’lum qildi, deb xabar berdi RBK. 

Ushbu qaror Damashqning o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari suverenitetini tan olishiga javoban  qabul qilindi. 

Ma’lum qilinishicha, Ukraina shuningdek, Suriyaga nisbatan savdo embargosi hamda Suriya yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritish jarayonini boshlaydi. 

Kiyev Damashqning qarorini qoraladi va bu nodo‘stona harakat, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga nisbatan tajovuz deb baholanishini bildirdi. 

Suriya “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olishga qaror qilgani haqida SANA agentligi va Suriya davlat televideniyesi 29 iyun kuni xabar bergandi.

21 fevral kuni Rossiya “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: