Mikolayivda ko‘p qavatli uyga hujum, Zaporijjyada asirlar almashinuvi. Urush suratlari

Jahon 12:44 / 30.06.2022 19732

Urushning 126-kuni. Asosiy ma’lumotlar

  • Mikolayiv tongda raketa zarbasiga uchradi, snaryadlar ko‘p qavatli turar joy binosiga kelib tushgan. To‘rt kishi halok bo‘lgani va bir necha kishi yaralangani xabar qilingan.
  • NATO davlatlari Rossiyani xavfsizlik uchun asosiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid deb atashdi. AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi tufayli Yevropadagi harbiy kontingentini oshirishini ma’lum qildi.
  • Buyuk Britaniya biznesmenlar Vladimir Potanin, Mixail Gutseriyev va Putinning qarindoshi Anna Tsivilyovaga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
  • Severodonetskda Ukrainadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi to‘liq vayron bo‘lgan.
  • Suriya «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan oldi.

Quyida 29 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev oblasti 

Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

29 iyun kuni Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun Ukrainaga kelgan Indoneziya prezidenti Joko Vidodoning qo‘riqchilari Kiyev markazida ko‘rgazmaga qo‘yilgan artilleriya ustanovkasi oldida suratga tushishmoqda. Vidodo Ukrainaga «tinchlikparvar maqsadi» bilan tashrif buyurgan. 30 iyun kuni u Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashishni rejalashtirgan. 

Indoneziya prezidenti matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETA

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo (chapdan beshinchi) va uning rafiqasi Iriana Yoko Vidodo (chapdan to‘rtinchi) Indoneziya delegatsiyasi va Ukraina tomoni vakillari hamrohligida Irpindagi vayron bo‘lgan binolarni ko‘zdan kechirmoqda.

Mikolayiv

George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA

Ukrainalik qutqaruvchilar Mikolayivdagi vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uyda ishlashmoqda. Oblast ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim 29 iyun kungi hujum natijasida tinch aholi vakillaridan uch kishi qurbon bo‘lganini, yana besh kishi yaralanganini ma’lum qilgan. Rossiya mudofaa vazirligi shu kuni «Rossiya harbiy kosmik kuchlarining yuqori aniqlikdagi qurollari bilan Mikolayiv shahri hududida xorijlik yollanma jangchilarni tayyorlash bazasi yo‘q qilingani» haqida xabar bergan. 

Qutqaruvchilar vayron qilingan ko‘p qavatli binodan mikolayivlik yarador kishini evakuatsiya qilmoqda
George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA
Tergovchi ko‘p qavatli bino o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan kishi ustini yopmoqda.
George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA
Raketa kelib tushgan uy xarobalari orasida oilaviy arxivdagi fotosuratlarni yig‘ayotgan kishi.
George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA

Kremenchug 

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Kremenchuglik ayol qizi bilan «Amstor» savdo markazi o‘qqa tutilishi oqibatida yaralangan turmush o‘rtog‘idan xabar olish uchun shifoxonaga kelgan. Rossiya harbiylarining Poltava oblasti Kremenchug shahridagi savdo markaziga raketa zarbasi yo‘llashi oqibatida tinch aholi vakillari bo‘lgan kamida 20 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgan. Kiyev hodisani «fuqarolik obektiga qasddan hujum qilish» bilan bog‘liq terrorizm akti deb atagan. RF mudofaa vazirligi ayblovni rad etmoqda. 

Vayron bo‘lgan savdo markazi tozalanishi jarayonining drondan olingan tasviri.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Zaporijjya oblasti 

29 iyun kuni Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu jarayon «144 ga 144 kishi» formulasida amalga oshirilgan. Ukrainaga qaytarilganlar orasida «Azovstal» mudofaachilari ham bor.
Foto: Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi
Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi 29 iyun kuni Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi harbiy asirlar almashinuvi jarayoni aks etgan fotosuratlarni e’lon qildi. Suratlarda kimlar aks etgani — ukrainlar yoki rossiyaliklar ekani borasida aniqlik kiritilmagan.
Ko‘proq yangiliklar: