2021 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi ma’lum qilindi

Iqtisodiyot 18:37 / 30.06.2022 17305

Moliya vazirligi 2021 yil uchun davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Fuqarolar uchun budjet” nashrini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilda davlat budjeti daromadlarida yirik soliq to‘lovchilarning ulushi 39,8 foizni tashkil qilgan.

2021 yilda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi quyidagicha:

  1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” (10ta yirik soliq to‘lovchilar tushumlarining 54 foizi);
  2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (23 foiz);
  3. “O‘zbekneftgaz” AJ (5 foiz);
  4.  “O‘ztransgaz” AJ (5 foiz);
  5.  “Hududgazta’minot” AJ (3 foiz);
  6. “Uzbat” AJ (3 foiz);
  7. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ (2 foiz);
  8. “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (2 foiz);
  9.  “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ (2 foiz);
  10. “UzAvto Motors” AJ (1 foiz).

Ko‘proq yangiliklar: