NATO a’zolari Shvetsiya va Finlandiyani alyansga rasman taklif qildi

Jahon 18:10 / 29.06.2022 3875

NATO mamlakatlari rahbarlari Shvetsiya va Finlandiyani alyansga a’zo bo‘lishga taklif qilish to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qildi. 

"Bugun Shvetsiya va Finlandiyani NATOga kirish uchun taklif etishga qaror qildik", - deyiladi alyans deklaratsiyasida.

Endi bu mamlakatlarning alyansga kirishi NATOga a’zo mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.

Avvalroq Madridda Turkiya, Shvetsiya va Finlandiya Anqaraning xavotirlari hisobga olingan holda xavfsizlik sohasidagi memorandumni imzolagani xabar qilingandi. Turkiya o‘z navbatida, Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga nisbatan e’tirozidan voz kechdi. 

Finlandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin betaraflik maqomidan voz kechib, NATO safiga kirishga qaror qilgandi, ammo bunga alyans a’zolaridan biri Turkiya qarshi chiqayotgandi. 

Har ikki mamlakat 18 may kuni NATO a’zoligi uchun rasman murojaat qilishgan, ammo Turkiya bu arizalar ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilib kelayotgandi. Turkiya o‘ziga zamonaviy qurollar yetkazib berilishiga embargo qo‘yilganidan va skandinav davlatlarida Anqara terrorchilar deb hisoblaydigan kurd jangarilariga boshpana berilganidan norozi edi. 

Ko‘proq yangiliklar: