Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT xavfsizlik kengashi olti davlati Rossiyaning Ukrainadagi fuqarolik obektlariga raketa zarbalarini qoraladi
BMT xavfsizlik kengashining olti davlati qo‘shma bayonot chiqarib, Rossiyaning Ukrainadagi tinch aholi manzillariga bergan zarbalarini qoraladi va qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqishni talab qildi. Prezident Zelenskiy Rossiyani BMTdan chiqarib yuborishga chaqirdi.

Kremenchugdagi savdo markazi / Foto: Ukraina FVV
BMT xavfsizlik kengashiga a’zo bo‘lgan olti davlat, shuningdek, Ukrainaning doimiy vakili qo‘shma bayonot berib, unda «Rossiyaning 2022 yil 25-27 iyun kunlari Ukraina hududiga, aholi turar joylari va fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan raketa zarbalarining kuchayishini keskin qoraladilar». 28 iyun, seshanba kuni xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi boshlanishidan oldin e’lon qilingan hujjatda Fransiya, Irlandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Albaniya Rossiyadan harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatib, Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 iyun kuni Kremenchukdagi savdo markaziga Rossiya raketa hujumi uyushtirgani munosabati bilan chaqirilgan xavfsizlik kengashi yig‘ilishi ishtirokchilariga video-aloqa orqali murojaat qildi. U Rossiyani «kundalik teraktlar»ni amalga oshiruvchi «terrorchi davlat»ga aylanganlikda ayblab, mamlakatni BMTdan chetlashtirishga chaqirdi. Zelenskiy BMTni «rus okkupantlarining Ukraina tuprog‘idagi xatti-harakatlarini» tergov qilish va mamlakatni javobgarlikka tortish uchun xalqaro tribunal tuzishga chaqirdi.
«Biz zudlik bilan harakat qilishimiz va Rossiyani qotilliklar seriyasini to‘xtatishga majburlash uchun hamma narsani amalga oshirishimiz kerak», dedi Zelenskiy. U Rossiyaning «terrorchilik faoliyati» Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlariga, xususan, Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha, Moldova va Qozog‘istonga ham tarqalishidan ogohlantirdi.
Zelenskiy Rossiyani BMTdan chiqarib yuborishga chaqirar ekan, BMT nizomining 6-moddasiga ishora qildi, unda «ushbu nizomda ko‘rsatilgan tamoyillarni doimiy ravishda buzgan tashkilot a’zosi xavfsizlik kengashining tavsiyasi asosida bosh assambleya tomonidan tashkilotdan chiqarib yuborilishi mumkin», deyiladi. Biroq, Rossiyani chiqarib yuborish deyarli mumkin emas, chunki u xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatida o‘z veto huquqidan foydalanib, o‘zini chetlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarni to‘sib qo‘yishi mumkin.
Ukraina rahbari o‘z nutqi so‘ngida zalda bo‘lganlarning barchasini urushda halok bo‘lgan ukrainaliklar xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun o‘rnidan turishni so‘radi.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Zelenskiyga xavfsizlik kengashida ikkinchi marta (avvalgi marta u 5 aprelda chiqish qilgan) nutq so‘zlash imkoniyati berilganidan norozi bo‘ldi. Rossiya vakili Kremenchugdagi savdo markaziga Rossiya tomonidan berilgan zarbani rad etib, Rossiyaning «aniq» qurollari AQSh va Yevropadan kelgan qurol va o‘q-dorilar bo‘lgan yaqin atrofdagi zavod angarlarini nishonga olganini aytdi.
Poltava oblastining Kremenchug shahridagi «Amstor» savdo markaziga raketa tushishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi yaralandi, 40 ga yaqin kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar berdi Ukraina prezidenti devonxonasi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

18:35 / 16.07.2025
Tramp Ukrainaga qurol va’da qildi, ammo uni kim va qanday yetkazib berishi - tushunarsiz

11:15 / 16.07.2025
BMT Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

11:05 / 16.07.2025
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

08:38 / 16.07.2025