Jahon | 07:52 / 29.06.2022
4876
1 daqiqa o‘qiladi

2035 yildan boshlab Yevroittifoqdagi barcha yangi avtomobillar iqlimga zarar yetkazmaydigan bo‘ladi

Yevropa ittifoqi davlatlari 2035 yildan boshlab yangi avtomobillardan chiqadigan zararli moddalar darajasini nolga tushirishni istamoqda. Yevroparlament esa o‘sha yilga qadar ichki yonuv dvigatelli avtomobillar ishlab chiqarishni butunlay taqiqlamoqchi.

Foto: Picture Alliance

2035 yildan boshlab Yevropa ittifoqida sotiladigan yangi avtomobillar zararli moddalar chiqarmaydigan bo‘lishi kerak. 29 iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi Yevropa ittifoqi mamlakatlari atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul vazirlari bu haqda kelishib oldi.

Endi 2035 yildan boshlab ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillarni sotishni butunlay taqiqlamoqchi bo‘lgan Yevroparlament bilan murosaga kelish kerak.

Germaniya hukumati vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya kelishilgan muddatdan keyin ham ichki yonuv dvigatelli, faqat iqlimga mos yoqilg‘ida ishlaydigan avtomobillarni ishlab chiqarishni taklif qilishga tayyor, deya xabar beradi Dpa.

Endi Yevropa ittifoqining alohida davlatlari va Yevroparlament vakillari umumiy pozitsiyani kelishish uchun muzokara olib borishlari kerak. 

Mavzuga oid