Rossiya Gretsiyaning sakkiz nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi 

Jahon 08:33 / 28.06.2022 5685

Rossiyadagi sakkiz nafar Gretsiya diplomatik xodimi persona non grata deb e’lon qilindi, ular sakkiz kun ichida Rossiya Federatsiyasi hududini tark etishlari kerak. Bu haqda 27 iyun, dushanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Gretsiyaning Rossiyadagi elchisi Yekaterina Nassika Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Unga Rossiya vazirligida «Gretsiya hukumatining Rossiyaga qarama-qarshilik kursi» sifatida tavsiflangan siyosati tufayli qat’iy protest bildirilgan. Gap «Kiyev rejimiga qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berish hamda Gretsiyadagi bir guruh rossiyalik diplomatlar persona non grata deb e’lon qilingani» haqida ketmoqda, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.

Moskva Gretsiyaning Rossiyadagi xorijdagi vakolatxonalari faoliyati bilan bog‘liq boshqa choralarni ham ko‘rmoqda. Ushbu choralar aynan qanday ekani aniqlashtirilmadi. 

Avvalroq Rossiyaning Afinadagi elchisi Andrey Maslov Gretsiya rasmiylari Rossiyaning ushbu mamlakatdagi elchixonasi va bosh konsulligi bilan aloqalarni to‘xtatganini ma’lum qilgandi. Diplomat Gretsiyada dam olishni rejalashtirayotgan rossiyaliklarni «hushyor bo‘lishga» chaqirdi. 

25 iyun kuni Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi saytida Gretsiyaning viza markazlari odatdagidek ishlashda davom etishi haqida xabar berilgan. Bir kun avval xabar qilingan - hujjatlarni qabul qilish jarayoni to‘xtatilmaydi, deya ma’lum qildi turoperatorlar assotsiatsiyasi. 

Ko‘proq yangiliklar: