O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 5 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi

Iqtisodiyot 10:54 / 28.06.2022 17246

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida  O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 2,7 mlrd dollar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 2,3 mlrd dollar va 1,3 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: 

  • Koreya – 1,1 mlrd;
  • Turkiya – 698,5 mln;
  • Germaniya – 465 mln;
  • Turkmaniston – 260 mln;
  • Hindiston – 249 mln;
  • AQSh – 192 mln;
  • Braziliya – 170 mln AQSh dollari.

Bundan oldin O‘zbekiston mahsulotlari ko‘proq qaysi xorijiy davlatlarga sotilayotgani ma’lum bo‘lgandi.

2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 1,05 mlrd dollar.

Ko‘proq yangiliklar: