Moody's Rossiya tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchraganini e’lon qildi 

Jahon 07:36 / 28.06.2022 17267

Moody's xalqaro reyting agentligi 27 iyun, dushanba kuni Rossiya tashqi qarzi bo‘yicha defoltga yo‘l qo‘yganini ma’lum qildi, chunki kupon to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli davr tugagan va Rossiya suveren qarzi egalari ikki dona yevrobond kuponlari bo‘yicha 100 million dollarlik to‘lovlarni olmagan.

Avvalroq Bloomberg shuningdek, «Rossiya-26» va «Rossiya-36» davlat obligatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan to‘lovlarni so‘ndirish uchun 30 kunlik imtiyozli davr tugagani sababli, Rossiya 1918 yildan beri birinchi marta tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchraganini ta’kidlagandi. 

Gap 1998 yilda bo‘lgan bankrotlik haqida ketmayapti. Rossiya g‘aznasi to‘la, biroq Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi munosabati bilan g‘arb tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli Kreml xorijdagi qarzlarini to‘lashda muammolarga duch kelmoqda.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov defolt haqidagi bayonotni «mutlaqo noqonuniy» deb atadi, chunki Rossiya may oyida to‘lovni amalga oshirgan. «Euroclear kliring markazi bu pulni ushlab qolgani, uni oluvchilarga topshirmagani, bu - bizning muammolarimiz emas», dedi Peskov.

Rasmiy ravishda defolt e’lon qilinmaydi - bu odatda xalqaro reyting agentliklari tomonidan amalga oshiriladi, biroq ularning barchasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan, deb ta’kidlaydi Bloomberg. 

Ko‘proq yangiliklar: