Germaniyada 101 yoshli qariya konslagerda soqchilik qilganlikda ayblanib besh yilga qamaldi 

Jahon 18:35 / 28.06.2022 6821

Germaniyaning Noyruppin shahri sudi Zaksenxauzen  konsentratsion lagerining 101 yoshli sobiq soqchisini besh yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi. 

U lagerdagi minglab mahbuslarning o‘limiga aloqadorlikda ayblandi.

Xabar qilinishicha, sud jarayoni to‘qqiz oy davom etdi. Ayblanuvchi hech qachon Zaksenxauzenda xizmat qilmagani, ayblov xulosasida ko‘rsatilgan vaqtda esa Meklenburgdagi fermada ishlaganini aytdi. 

Ammo prokuratura uning aybini isbotlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etdi.

Zaksenxauzendagi konsentratsion lagerda Ikkinchi jahon urushi tugaguniga qadar 200 mingdan ortiq mahbus saqlangan. O‘n minglab mahbuslar ochlik, kasallik, majburiy mehnat, tibbiy tajribalar oqibatida vafot etgan. 

Ko‘proq yangiliklar: