Putin Tojikiston va Turkmanistonga boradi

Jahon 19:27 / 27.06.2022 11265

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 iyun kuni Tojikistonga tashrif buyurib, mamlakat rahbari Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazadi, deb ma’lum qildi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Ertaga prezident Putinning Tojikistonga ishchi tashrifi rejalashtirilgan. U yerda Rahmon bilan muzokaralar o‘tkaziladi", - dedi u.

Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarlari "yakkama-yakka" suhbatlashadi.

So‘ngra Rossiya prezidenti Dushanbedan Turkmanistonga yo‘l oladi. Putin 29 iyun kuni Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Kaspiy sammitida qatnashadi. 

Bu Putinning joriy yildagi ikkinchi xorijiy safari bo‘ladi. U oxirgi marta fevralda Xitoyga borgandi.

Ko‘proq yangiliklar: