Kiyevga raketa hujumi oqibatlari, Donbassda yana bir shahar zarba ostida. Urush suratlari

Jahon 13:25 / 27.06.2022 26010

26 iyun kuni Rossiya raketasi Kiyevdagi turar joy binosiga kelib tushdi — bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi yaralangan; ular orasida — Rossiya fuqarosi va uning yetti yoshli qizi ham bor. Severodonetskdagi «Azot» zavodidan tinch aholi vakillari evakuatsiya qilinmoqda. Ukraina harbiy razvedkasi Rossiya yana Belarusda o‘z harbiy mavjudligini oshirayotganidan ogohlantirdi. Xerson oblastining rossiyalik kuchlar tomonidan ishg‘ol etilgan Nova Kaxovkada «yangi ma’muriyat» amaldorlaridan birining hayotiga suiqasd uyushtirildi. Uning avtomobili yonib ketgan, ammo ayolning o‘zi omon qolgan. RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu urush boshidan buyon ilk bor Ukrainada rossiyalik harbiylar nazoratidagi hududga keldi.

«Katta yettilik» davlatlari rahbarlari Germaniyaning Elmau shahridagi sammit arafasida suratga tushishmoqda. Chapdan o‘ngga: Italiya bosh vaziri Mario Dragi, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen, AQSh prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Shols, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel. Foto: AP Photo/Markus Schreiber, Pool
«Katta yettilik» davlatlari rahbarlari yig‘ilish arafasida.
Foto: John MacDougall/Pool Photo via AP

Quyida 26 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev

Kiyevning Shevchenkovskiy rayoni rossiyaliklar aviazarbasidan keyin. Raketalardan biri ko‘p qavatli uyga kelib tushgan — natijada binoning yuqori uch qavati qisman qulagan. Foto: Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar Kiyevdagi portlash hududida ishlashmoqda
Foto: AP Photo/Nariman El-Mofty
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Qutqaruvchilar Shevchenkovskiy rayonidagi uy xarobalari ostida qolganlarni qutqarmoqda. Aviazarba oqibatida bir kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan. Jabrlanuvchilar orasida — Rossiya fuqarosi va uning yetti yoshli qizi ham bor. 

Sasha Stashevskyi / AP / Scanpix / LETA

Kiyevdagi turar joy binosi zarbaga uchrashi oqibatida yaralangan yigit. Strana.UA nashri qayd etishicha, vayron bo‘lgan uy yaqinida «Artem» harbiy zavodi joylashgan, zarba nishoni aynan shu obekt bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Qutqaruvchilar Shevchenkovskiy rayonidagi xarobalarni tozalashmoqda. Hududdagi ishlarga Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmatining 86 xodimi va to‘qqiz texnikasi jalb etilgan.

Xarkiv 

Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Sapyorlar Xarkivning tunda o‘qqa tutilishi oqibatida yuzaga kelgan o‘rani ko‘zdan kechirmoqda. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, 26 iyun kuni shaharda turar joy va tibbiy muassasa binolari o‘qqa tutilgan.

Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Yashash hududiga kelib tushgan snaryaddan hosil bo‘lgan o‘rani suv to‘ldirgan. Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov regionda 4500 dan ortiq bino vayron bo‘lganini aytgan. Uning baholariga ko‘ra, shahar o‘qqa tutilishi oqibatida 4019 turar joy binosi, 427 o‘quv muassasasi, 97 tibbiy muassasa, 62 madaniy bino va 12 sanoat korxonasi shikastlangan.

Donbass shimoli

Aleksandr Reka / TASS

«Azot» zavodi hududidan chiqib kelgan severodonetskliklar «LXR» xalq militsiyasi bataloni qo‘mondoniga qarab turibdi. TASS xabar qilishicha, so‘nggi ikki kunda «Azot» zavodi hududidan 450 kishi chiqqan. «Azot» hududida yana qancha odam qolgani ma’lum emas. 24 iyun kuni Lugansk oblasti rasmiylari ukrain harbiylariga Severodonetskni tashlab chiqish bo‘yicha buyruq berilganini aytishgandi. Keyingi kuni RF mudofaa vazirligi shahar to‘liq nazorat ostiga olinganini xabar qildi

Scott Olson / Getty Images

Favqulodda xizmat xodimi Baxmutdagi front chizig‘i yaqinida aholini evakuatsiya qilishga kirishish oldidan zirhli nimchasini taqmoqda. Lugansk oblasti rahbari Sergey Gayday avvalroq Lisichansk — Baxmut trassasidan endi harakatlanish imkonsiz ekani, «hayot yo‘li» doimiy ravishda o‘qqa tutilayotganini aytgandi.  

Baxmutdagi ukrain harbiylari. Foto: AP Photo/Efrem Lukatsky
Baxmutlik kishi rossiyalik harbiylar zarbalaridan keyin o‘z uyini ko‘zdan kechirmoqda.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Baxmutda qo‘shnilar 84 yoshli ayolning uyini ta’mirlab berishmoqda. Bu uy atrofdagi boshqalari kabi 26 iyun kuni artilleriya zarbalariga uchragan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan. Foto: Scott Olson / Getty Images
Baxmutlik kishi gulli vazani deraza tokchasiga qo‘ymoqda.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

 

Ko‘proq yangiliklar: