Rossiya gazdan qurol sifatida foydalanmoqda – Oq uy

Jahon 23:38 / 25.06.2022 18093

Yevropaga gaz yetkazib berishning qisqarishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning energiyadan qurol sifatida foydalanishga tayyorligining yana bir namoyishi, dedi AQSh milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi.

Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Oq uydagilar gaz yetkazib berish texnik muammolar sababli uzilib qolganiga ishonmaydi.

«Bu janob Putinning energiyadan qurol sifatida foydalanishga tayyorligining yana bir ifodasi, deb o‘ylaymiz. Biz ushbu vaziyat bo‘yicha Rossiyaning hech bir bayonotiga ishonmaymiz», — dedi u. 

Yevrokomissiyaning bildirishicha, YeIning 12 mamlakatiga Rossiyadan gaz yetkazilishi hajmi qisqargan. 

Ko‘proq yangiliklar: