Putin yaqin vaqt ichida Belarusga "Iskander-M" majmualari yetkazib berilishini aytdi

Jahon 21:18 / 25.06.2022 19519

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Suhbat davomida Putin Rossiya yaqin oylar ichida Belarusga "Iskander-M" majmualari yetkazib berilishini ma’lum qildi.

U shuningdek, Su-25 samolyotlarini Rossiyadagi zavodlarda qayta jihozlash va uchuvchilar tarkibini tayyorlashni boshlashni taklif qildi.

Bundan tashqari, tomonlar jahon bozoriga o‘g‘itlar yetkazib berish masalasini muhokama qildi.

Shu bilan birga, Putin va Lukashenko Kaliningrad oblasti va Litva o‘rtasidagi tranzit muammosiga e’tibor qaratdi. 

Ko‘proq yangiliklar: