Polshalik deputat hosilni yig‘ib olish uchun ukrainaliklarni o‘zbek muhojirlari bilan almashtirishni taklif qildi

Jahon 07:19 / 24.06.2022 17838

Wiadomosci ze swiata nashrining yozishicha, ukrainaliklarning harbiy xizmatga chaqirilishi sababli mamlakatni tark etishi taqiqlangani fonida Polshada meva yig‘ish bilan bog‘liq vaziyat ishchilar yetishmasligi tufayli yomonlashmoqda.
 
«Ishchilar yetarli emas. Birinchidan, yuk mashinasini haydash, traktor haydash va o‘g‘it sepish kabi murakkabroq vazifalarni o‘z zimmasiga oladigan erkaklar yetishmayapti», — dedi polshalik deputat. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab fermerlar reza mevalar chirib ketayotganidan, iste’molchilar esa oshib ketgan narxlardan shikoyat qilmoqda. Shuning uchun ham polyaklar hozir o‘zbek ishchilarini Polshaga jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. 

«Rossiyadagi inqiroz tufayli to‘rt milliondan ortiq o‘zbekistonlik o‘z vataniga qaytdi, endi ular ishsiz va Polshaga kelishga tayyor», — dedi Miroslav Malishevskiy.

Ko‘proq yangiliklar: