Germaniya gaz zaxiralari qisqargani sababli maxsus rejani ishga tushirdi

Jahon 13:19 / 23.06.2022 12865

Germaniya hukumati gaz sohasida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda favqulodda vaziyat rejasining ikkinchi bosqichi deb ataladigan trevoga rejimini faollashtirishga qaror qildi. Bu haqda 23 iyun, payshanba kuni Berlinda Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi fonida ma’lum qildi. 

Ushbu bosqich gaz ta’minotidagi uzilishlar yoki gaz ta’minoti bilan bog‘liq vaziyatning sezilarli darajada yomonlashishiga olib keladigan gazga bo‘lgan talabning o‘ta yuqori bo‘lgan taqdirda joriy etiladi. Ushbu bosqichda bozor hali ham o‘ta qat’iy choralarni ko‘rmasdan, bu muammolarni o‘zi hal qila olishi nazarda tutiladi.

Trevoga darajasining joriy etilishi gaz yetkazib beruvchilar endi keskin oshib borayotgan narxlarni bevosita iste’molchilar bo‘yniga yuklash huquqiga ega bo‘lishini anglatmaydi. Tarmoqlar bo‘yicha federal agentlik (Bundesnetzagentur) energetika xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunning tegishli moddasini hozircha faollashtirmaydi, chunki regulyator hali «gaz importining sezilarli darajada kamayishi» faktini bildirmagan.

Avariyaviy rejaning uchinchi bosqichi - favqulodda vaziyat - agar gaz ta’minoti vaziyatni hukumat aralashuvisiz tuzatib bo‘lmaydigan darajada yomonlashsa joriy etiladi. Shunda Tarmoqlar bo‘yicha federal agentlik yonilg‘i yetkazib beruvchilar bilan kelishilgan holda, birinchi navbatda, uy xo‘jaliklari, shifoxonalar, gaz elektr stansiyalari kabi iste’molchilarni himoya qilish uchun gaz yetkazib berishda kvotalar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 

Rossiyaning Ukraina bilan urushi fonida Robert Xabek mart oyi oxirida favqulodda vaziyat rejasining birinchi bosqichi - ogohlantirish rejimini ishga tushirdi.

Ko‘proq yangiliklar: